Kitobchi Kitobchi Developer API
OpenAPI
Kitobchi API / Limit va cache

Limit va cache

So‘rov limitlari, response cache, ETag va 304 javoblari.

Limitlar

Har bir client uchun so‘rovlar alohida hisoblanadi. Default limit: 8/soniya va 240/daqiqa.

HeaderMaʼnosi
X-RateLimit-Limit-SecondBir soniyada yuborish mumkin bo‘lgan maksimal so‘rovlar soni.
X-RateLimit-Remaining-MinuteJoriy daqiqada qolgan so‘rovlar soni.
Retry-AfterLimit oshsa, qayta urinib ko‘rishdan oldin kutiladigan vaqt.

Cache

GET so‘rovlar qisqa muddat cache qilinadi. Bir xil client, URL, query va til bilan takroriy so‘rov kelsa, javob cache’dan qaytishi mumkin.

Cache-Control: private, max-age=120
X-API-Cache: HIT

ETag

Client oxirgi javobdagi ETag qiymatini keyingi so‘rovda If-None-Match sifatida yuborsa, maʼlumot o‘zgarmagan holatda server 304 Not Modified qaytaradi.