Logotip va tugma
Kitobchi ID logotipi, ranglar, «Kitobchi ID bilan kirish» tugmasi va foydalanish qoidalari.
Logotip
Kitobchi ID logotipi — Kitobchi ilova belgisi (ko'k fonda oq «K-kapalak») va yonidagi ID yozuvi. Logotipni o'zgartirmang: ranglarini almashtirmang, cho'zmang, soya yoki effekt qo'shmang, «ID» yozuvini boshqa shrift bilan qayta termang.
| Fayl | Qachon ishlatiladi |
|---|---|
| kitobchi-id-logo.svg · PNG | Yorug' fon |
| kitobchi-id-logo-white.svg · PNG | To'q fon |
| kitobchi-id-icon.svg · PNG 512 | Faqat belgi: tugma, ikonka, kichik joylar |
| kitobchi-id-mono.svg | Ko'k (brend rangli) tugma ichida — oq kvadrat, ko'k K |
| Rang | HEX |
|---|---|
| Kitobchi ko'k (asosiy) | #1E6FD4 |
| Gradient boshi | #62B0FF → #1E6FD4 (yuqori-chapdan pastki-o'ngga) |
| Matn (yorug' fon) | #0B1B33 |
- Bo'sh joy — logotip atrofida kamida belgi balandligining 25% qadar bo'sh joy qoldiring.
- Eng kichik o'lcham — to'liq logotip 24 px balandlik, faqat belgi 16 px.
Kirish tugmasi
Tugma matni: «Kitobchi ID bilan kirish» (ru: «Войти с Kitobchi ID», en: «Sign in with Kitobchi ID»). Qisqa joylarda: «Kitobchi ID». Tugma boshqa ijtimoiy kirish tugmalari bilan bir xil o'lcham va ustuvorlikda bo'lsin; balandlik 40–52 px, burchak radiusi saytingiz uslubiga mos.
HTML
<a href="/auth/kitobchi" class="kid-btn">
<img src="https://kitobchi.com/developers/brand/kitobchi-id/kitobchi-id-mono.svg" alt="" width="24" height="24">
Kitobchi ID bilan kirish
</a>
<style>
.kid-btn{display:inline-flex;align-items:center;gap:10px;height:48px;padding:0 20px;
border-radius:12px;background:#1E6FD4;color:#fff;font:700 15px/1 system-ui,sans-serif;
text-decoration:none}
.kid-btn:hover{background:#1A63BF}
.kid-btn:focus-visible{outline:3px solid #62B0FF;outline-offset:2px}
</style>
Muhim: tugma sizning serveringizdagi marshrutga (/auth/kitobchi) olib borsin — u yerda state, nonce va PKCE yaratiladi va foydalanuvchi Kitobchi ID'ga yo'naltiriladi. Logotip fayllarini o'z serveringizga ko'chirib qo'yish tavsiya etiladi.