Kitobchi Kitobchi Developer API
OpenAPI
Kitobchi API / Boshlash

Boshlash

Client API bilan birinchi so‘rovni yuborish va integratsiya tartibini tushunish.

Umumiy tushuncha

Kitobchi Client API hamkor servislar, tashqi kataloglar va marketplace integratsiyalari uchun mo‘ljallangan. API orqali mahsulotlar, sellerlar, kategoriyalar va qidiruv natijalarini olish mumkin.

Base URL: https://kitobchi.com/api/v1/client
Mashinaga tushunarli spec: openapi.json — uni Postman / Insomnia’ga import qiling yoki SDK generatsiya qiling. Yuqoridagi OpenAPI va Markdown tugmalari ham shu uchun.

Birinchi so‘rov

Quyidagi misolda kitoblar ro‘yxati olinadi. Real credential qiymatlari admin tomonidan beriladi.

curl --request GET \
  --url 'https://kitobchi.com/api/v1/client/products/books' \
  --header 'Accept: application/json' \
  --header 'X-App-ID: app_xxxxxxxxxxxx' \
  --header 'X-App-Secret: xxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxxx'

Javob formati

Endpointga qarab data, sahifalash uchun meta yoki qo‘shimcha bloklar kelishi mumkin. Integratsiyada status code va JSON javobni birga tekshirish tavsiya qilinadi.

{
  "status": "success",
  "data": []
}