Kitobchi
Raqamlar Doʻkonlar Savollar Karyera Hujjatlar
Oʻzbekcha
Oʻzbekcha Русский English 日本語
Yuklab oling
Raqamlar
Doʻkonlar
Savollar
Karyera
Hujjatlar
Google Play App Store Yuklab oling

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 20.04.2026

1. Maqsad va qamrov

Ushbu Maxfiylik siyosati Operatorning Kitobchi platformasi orqali shaxsga doir maʼlumotlarni qanday toʻplashi, saqlashi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi.

Maʼlumotlar asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududiida joylashgan foydalanuvchilar uchun qayta ishlanadi; xalqaro uzatishlar faqat texnik provayderlar (masalan, bulut xizmati) bilan shartnomada koʻrsatilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

2. Qayta ishlanadigan maʼlumotlar toifalari

  • Identifikatsiya: ism, telefon raqami, elektron pochta (agar berilgan boʻlsa), tizimga kirish identifikatorlari.
  • Yetkazib berish: manzil, viloyat/shahar, kuryer bilan bogʻlash uchun kontakt.
  • Tranzaksiya: buyurtmalar, toʻlov holati, cheklar va toʻlov tizimidan kelgan texnik identifikatorlar (kartaning toʻliq raqami Operatorda saqlanmaydi, agar toʻlov provayderi boshqacha talab qilmasa).
  • Texnik: qurilma turi, operatsion tizim, ilova versiyasi, IP-manzil, cookie va shunga oʻxshash fayllar (batafsil — Cookie siyosati).
  • Muloqot: qoʻllab-quvvatlash chatlari, sharhlar, Book Club postlari (UGC).

3. Qayta ishlash maqsadlari

  • akkaunt va buyurtmalarni boshqarish;
  • toʻlov va yetkazib berishni taʼminlash;
  • xavfsizlik, firibgarlikning oldini olish;
  • qonuniy majburiyatlarni bajarish (davlat organlarining qonuniy soʻrovlari);
  • xizmat sifatini tahlil qilish va yaxshilash (anonimlashtirilgan statistika).

4. Huquqiy asos

Qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Cookie va shunga oʻxshash texnologiyalar

Cookie fayllari sessiya, til tanlovi, autentifikatsiya va (agar yoqilgan boʻlsa) tahlil uchun ishlatiladi. Batafsil — alohida Cookie siyosati hujjatida.

6. Uchinchi tomonlarga uzatish

Maʼlumotlar quyidagilarga uzatilishi mumkin: toʻlov tizimlari, SMS/push provayderlari, yetkazib berish hamkorlari, hosting va texnik infratuzilma provayderlari — faqat xizmat koʻrsatish uchun zarur hajmda.

7. Saqlash muddati

Maʼlumotlar maqsad talab qiladigan muddat yoki qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi, keyin oʻchiriladi yoki anonimlashtiriladi (qonuniy arxivdan tashqari).

8. Foydalanuvchi huquqlari

Qonun doirasida maʼlumotlarga kirish, toʻgʻrilash, oʻchirish yoki qayta ishlashni cheklash boʻyicha soʻrov yuborish huquqi mavjud. Soʻrovlar: +998 50 030 30 33.

9. Bolalar

Platforma voyaga yetmaganlar uchun maxsus moʻljallanmagan boʻlishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsning maʼlumotlari qonuniy vakil roziligisiz toʻplanmasligi kerak.

10. Xavfsizlik

Operator maʼlumotlarni ruxsatsiz kirish, yoʻqotish va buzilishdan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy choralar qoʻllaydi.

11. Siyosatga oʻzgartirish

Operator ushbu siyosatni yangilashi mumkin. Yangilangan versiya sayt/ilovada eʼlon qilinadi.

12. Operator

YATT Turdaliyev Abbos Erkin oʻgʻli, STIR 51503025990027, +998 50 030 30 33.

Barcha hujjatlar
Chop etish

Boshqa hujjatlar

Foydalanish shartlari (ommaviy oferta) 20.04.2026 Sotuvchi shartlari (hamkor ofertasi) 20.04.2026 Yetkazib berish va tovarni qaytarish tartibi 20.04.2026 Toʻlov, chek va pulni qaytarish 20.04.2026
The Good
Karyera Telegram Instagram
The Boring
Foydalanish shartlari (ommaviy oferta) Maxfiylik siyosati Barcha hujjatlar
The Cool
Google Play App Store
kitobchi.