Assalomu alaykum, hurmatli Book Club a’zolari!
Sizlarga bir xabarni ma’lum qilmoqchimiz. Afsuski, yuzaga kelgan baxtsiz hodisa va kutilmagan vaziyatlar sababli Kitobchi loyihasi faoliyatini ma’lum muddatga vaqtincha to‘xtatishga qaror qildik.
Bu qaror biz uchun oson bo‘lmadi. Chunki Kitobchi shunchaki savdo platformasi emas, balki kitobxonlar, kitob do‘konlari va nashriyotlarni birlashtirish yo‘lida boshlangan katta maqsad edi.
Shu vaqt davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan, bizga ishongan, buyurtma bergan va loyihamiz rivojiga hissa qo‘shgan har bir insonga chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz.
Bu yakun emas, balki vaqtinchalik tanaffus, deb umid qilamiz. Nasib qilsa, yana kuchliroq bo‘lib qaytish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni davom ettirish niyatidamiz.
Kitobchi bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat! Bizga bildirgan ishonchingizni qadrlaymiz. ❤️


🥲🥲🥲