#kitobchi.
Do‘stimiz, akamiz Abbosbek...
Hali ham bu xabarga ishonish qiyin. Go‘yo hammasi bir tushdek, go‘yo hozir telefonimizga yana bir xabaringiz keladigandek... Afsuski, endi siz bilan ko‘rishish, suhbatlashish, birga kulish nasib qilmaydi.
Siz biz uchun shunchaki do‘st emas, o‘zimizga yaqin bo‘lgan aka, qadrdon va hurmatli inson edingiz. Insonning qadri uning yonimizda bo‘lganida emas, balki u ketganidan keyin qalbimizda qoldirgan izlarida bilinarkan.
Sizning o‘rningiz qalbimizda doimo saqlanib qoladi. Yaxshi insonlar hech qachon unutilmaydi, ular faqat xotiralarda yashashda davom etadi.
Allohim, do‘stimiz, akamiz Abbosbekni O‘z rahmatiga olsin. Qabrlarini nurga to‘ldirsin, gunohlarini mag‘firat qilsin, oxiratlarini obod etib, jannatidan joy ato qilsin.
Ushbu postni o‘qigan barcha yaqinlarimizdan, do‘stlarimizdan va sahifamiz kuzatuvchilaridan akamiz Abbosbekning haqlariga bir og‘iz bo‘lsa-da duo qilib qo‘yishlarini iltimos qilib qolamiz. Alloh qilgan duolaringizni dargohida qabul qilsin.
Sizni sog‘inamiz, akamiz... Joyingiz jannatda bo‘lsin.

olloh ohiratini obod qilsin odamlarga manfaatli ishni boshlagan ekan