Anna Frank kundaligi
46 000 so'm

Anna Frank kundaligi

Muallif: Anna Frank
# Klassik adabiyot # Drama
Book.Uz
4 × 11 500 so'm
0% foizsiz bo'lib to'lash
Rejalar ›
5.0
0 ta sharh
83%
83% mos — siz uchun
AI Shaxsiy tahlil

Mahsulot haqida

«Anna Frank kundaligi» - jahon adabiyotidagi eng mashhur kundalik-asarlardan biri bo‘lib, unda yosh yahudiy qiz - Annaning Ikkinchi Jahon urushi davrida o‘tgan ikki yillik yashirinishdagi hayoti tasvirlangan. Anna va uning oilasini konsentratsion lagerga olib ketishganida, ushbu vayronkor davrlarni hikoya qiluvchi kundalik maxfiy boshpanada qoladi. Uni esa oilaning eng yaqin do‘sti Mip Giz asrab qo‘yadi va keyinchalik Holokostdan tirik qolgan yagona oila a’zosi, Annaning otasi Otto Frankka topshiradi. Otto uni tahrir qiladi va kundalik 1947 yilda ilk bor golland tilida kitobxonlar qo‘liga yetib boradi va keyinchalik eng ko‘p tarjima qilingan bestseller asarga aylanadi. «Anna Frank kundaligi» shu paytgacha yetmishdan ortiq tillarga tarjima qilingan va o‘ttiz milliondan ortiq nusxada chop etilgan. Shuningdek, ushbu kitob jahon adabiyotida «Injil»dan keyin eng ko‘p mutolaa qilingan nobadiiy asar hisoblanadi. «Anna Frank kundaligi» juda ko‘plab nashrlar tomonidan XX asrning eng yaxshi kitoblari o‘nligida e’tirof etilgan. Ushbu kundalik asosida bir necha sahna asarlari va filmlar suratga olingan. Anna yashiringan uy esa 1960 yilda uning nomidagi muzeyga aylantirilgan. Kitob maktub holida yozilgan bo‘lib, unda o‘smir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. Kitobni o‘qir ekansiz, qanday qilib sho‘x-shodon, o‘zini gapirishdan tiyolmaydigan qizaloqning ikki yil davomida tashqi dunyodan yiroqda, o‘z tuyg‘ulari og‘ushida hayot kechirganini bilib olasiz. Kundalikka Kitti deya nom bergan Anna, uni eng yaqin do‘sti sifatida qabul qiladi va bor o‘y-hayollarini u bilan bo‘lishadi. Bu kitob sizga Ikkinchi jahon urushi davrida qirg‘inga uchragan yahudiylar hayotini, ularga qanchalik og‘ir bo‘lganini, yosh Anna, buyuk yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan qiz nigohi bilan ko‘rish imkonini beradi. Dastavval Anna kundaligini faqat o‘zi uchun yozgan,1944 yilning bahorida esa kutilmaganda radioda Niderlandiya ta’lim vaziri Bolkenshteynning bir e’lonini eshitib qolgan. Vazir niderlandlarning okkupatsiya paytidagi barcha daliliy hujjatlari milliy mulkga aylanishi lozimligini ta’kidlagan. Uning so‘zlaridan ta’sirlangan Anna urush nihoyasiga yetganidan keyin o‘z kundaligi asosida kitob nashr etishga qaror qilgan hamda ba’zi joylarini qayta yoza boshlagan, nimalarnidir o‘zgartirgan, o‘ziga qiziq tuyilmagan qismlarini olib tashlab, yangilarini qo‘shgan. Kundalikning ikkinchi, qayta ishlangan nusxasida Anna barcha qahramonlarga, shu jumladan, o‘ziga ham maxsus taxalluslar o‘ylab topgan. Dastlabki nashrda Otto Frank oila a’zolarining haqiqiy ismlarini qoldirib, qolgan taxalluslarni qisman saqlab qolgan. Keyingi nashrlarda haqiqiy ismlar oshkor qilingan, taxalluslardan faqat Albert Dyussel, Augusta, Hermann va Piter Van Daanlar saqlab qolingan. Ularning haqiqiy ismlari quyida keltirilgan. Van Pelslar oilasi: Augusta, Herman va Piter Van Pelslar bu kitobda Petronella, Herman va Piter Van Daan sifatida tasvirlangan. Fritz Pfeffer esa Albert Dyussel taxallusi ostida taqdim etilgan.

Xususiyatlar va parametrlar

Sahifalar soni319 bet
MuqovaYumshoq muqova
TilO'zbek
Nashr yili2022

Kitobxonlar sharhlari

Ushbu kitobga hali sharh yozilmagan

Birinchi bo'lib fikr qoldiring

1
Anna Frank kundaligi
Kattalashtirish

Xususiyatlar

Sahifalar soni:319 bet
Muqova:Yumshoq muqova
Til:O'zbek
Yil:2022

Kitobxonlar sharhlari

5.0
(0 ta sharh)
Klubda muhokama qilish

Hozircha sharhlar yo'q

Ushbu asarni o'qigan bo'lsangiz, birinchi bo'lib fikr qoldiring

Anna Frank kundaligi

Muallif: Anna Frank
# Klassik adabiyot # Drama
Book.Uz
Narxi
46 000 so'm
0% foizsiz bo'lib to'lash4 × 11 500 so'm
Rejalarni ko'rish ›
1
83%
83% mos — siz uchun
AI Shaxsiy tahlil — batafsil
100% asl nusxa kafolati
Faqat rasmiy nashriyotlardan
Tezkor yetkazib berish
Toshkentda 24 soat, viloyatlarga 2-3 kun

O‘xshash kitoblar

Barchasini ko'rish
Menga sevishingni ayt
Menga sevishingni ayt

33 000 so‘m

3 960 so‘m/oyiga
Azizim
Azizim

40 000 so‘m

4 800 so‘m/oyiga
Choʻl boʻrisi
Choʻl boʻrisi
Choʻl boʻrisi

30 000 so‘m

3 600 so‘m/oyiga
Yosh Verterning iztiroblari
Yosh Verterning iztiroblari
Yosh Verterning iztiroblari

30 000 so‘m

3 600 so‘m/oyiga
Ковак
Ковак
Ковак

35 000 so‘m

4 200 so‘m/oyiga
Эврилиш
Эврилиш
Эврилиш

25 000 so‘m

3 000 so‘m/oyiga
Жиноят Ва Жазо
Жиноят Ва Жазо
Жиноят Ва Жазо

40 000 so‘m

4 800 so‘m/oyiga
Телба
Телба

25 000 so‘m

3 000 so‘m/oyiga
Қиморбоз
Қиморбоз
Қиморбоз

29 000 so‘m

3 480 so‘m/oyiga
Xotiralar
Xotiralar
-15%
Xotiralar

33 150 so‘m

3 978 so‘m/oyiga