Kataloglar

Badiiy adabiyotBolalar adabiyotiDetektivDiniy adabiyotFantastikIlm-fanPsixologiya va shaxsiy rivojlanishSarguzashtShe'rlar va hikoyalarTarix va siyosat
Mo'ynali mantodagi Madonna

Book.Uz Mo'ynali mantodagi Madonna

Muallif: Sabohiddin Ali

Muddatli to'lov

Muddatli to'lovga sotib olish

4 680so‘m/oyiga

Hozircha sharhlar yo‘q

Mahsulot haqida

Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan oʻtkazdi: musofirlikning qattiq nonini eyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur boʻldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shugʻullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), oʻzbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam ma'noda "Moʻynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar boʻlmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Moʻynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni oʻtayotganda qoʻli singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida ogʻriqni bosish uchun qoʻlini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta'bir joiz boʻlsa, "Moʻynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-oʻn sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi oʻziga oʻxshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab oʻtganini, u bilan oʻrtalarida qil oʻtmas doʻstdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora boʻgʻzini taxir gʻashlik achishtira boshlagan oʻquvchi kitobning soʻnggi sahifasini yopar ekan, oʻkirib yigʻlab yuborishdan, xoʻrsinik aralash koʻz yosh toʻkishdan oʻzini arang tiyib qoladi. Bugun ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan ushbu asar nozikta'b kitobxonlarning koʻnglini zabt etishiga umid qilamiz.

Xususiyatlar va tavsif

Sahifalar soni:192 bet
Muqova:soft
Til:uz
Yil:2022
ISBN:9789943848214
Mo'ynali mantodagi Madonna

Mo'ynali mantodagi Madonna

Muallif: Sabohiddin Ali

Narxi

39 000 so'm
Xususiyatlar va tavsif

Muddatli to'lov

Muddatli to'lovga sotib olish

4 680so'm/oyiga

Sharhlar

0 Sharhlar
Hozircha sharhlar yo'q

Mahsulot haqida

Atoqli turk adibi va shoiri Sabohaddin Ali (1907 1948) qisqa umri davomida samarali ijod qildi, turmushning barcha mashaqqatlarini boshdan oʻtkazdi: musofirlikning qattiq nonini eyishga, uzoq vaqt zindonda kun sanashga majbur boʻldi, hammollikdan tortib muallimlik, tarjimonlik bilan shugʻullandi. Lekin hamisha yoniq fikr, yorqin tafakkur bilan yashadi, alamini muhabbat navolari hamda erksevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan asarlar bitishdan oldi. Muallifning asarlari ilk marta bundan oltmish yil oldin oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlsa-da (bolalarga atalgan kichik hikoyalar), oʻzbek kitobxoni Sabohaddin Ali ijodi bilan chinakam ma'noda "Moʻynali mantodagi madonna" romani orqali tanishishga muyassar boʻlmoqda, deyish mumkin. Adibning xotiralarida keltirilishicha, "Moʻynali mantodagi madonna" muallif harbiy xizmatni oʻtayotganda qoʻli singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida ogʻriqni bosish uchun qoʻlini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta'bir joiz boʻlsa, "Moʻynali mantodagi madonna" Sabohiddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir. Alining boshqa asarlari singari ushbu romanning ham ayricha bir xususiyati bor dastlabki sahifalarni zerikibgina mutolaa qilishni boshlagan kitobxon besh-oʻn sahifadan keyin yuragida ajib titroqni tuyadi. Bir zamonlar dunyoning narigi chekkasida xuddi oʻziga oʻxshagan, ruhi ruhiga uyqash inson yashab oʻtganini, u bilan oʻrtalarida qil oʻtmas doʻstdek qadrdonlikni his qiladi. Bora-bora boʻgʻzini taxir gʻashlik achishtira boshlagan oʻquvchi kitobning soʻnggi sahifasini yopar ekan, oʻkirib yigʻlab yuborishdan, xoʻrsinik aralash koʻz yosh toʻkishdan oʻzini arang tiyib qoladi. Bugun ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan ushbu asar nozikta'b kitobxonlarning koʻnglini zabt etishiga umid qilamiz.

O‘xshash mahsulotlar

Barchasi
Hind sayyohining qissasi
Hind sayyohining qissasi

14 000 so‘m

1 680 so‘m/oyiga
Temir tovon
Temir tovon

73 000 so‘m

8 760 so‘m/oyiga
Oqbo'yin
Oqbo'yin

35 000 so‘m

4 200 so‘m/oyiga
Feruza
Feruza

68 000 so‘m

8 160 so‘m/oyiga
Seni sevaman dema, sev
Seni sevaman dema, sev

33 000 so‘m

3 960 so‘m/oyiga
Tushda kechgan umrlar
Tushda kechgan umrlar

20 000 so‘m

2 400 so‘m/oyiga
Hazrati inson
Hazrati inson

26 000 so‘m

3 120 so‘m/oyiga
Телба
Телба

25 000 so‘m

3 000 so‘m/oyiga
Sen bir men oʻzga olam
Sen bir men oʻzga olam
Sen bir men oʻzga olam

45 000 so‘m

5 400 so‘m/oyiga
To seni topgunimcha
To seni topgunimcha
To seni topgunimcha

48 000 so‘m

5 760 so‘m/oyiga