[{"data":1,"prerenderedAt":148},["ShallowReactive",2],{"footer-legal":3,"legal-all-docs-for-sidebar":33,"site-settings-versions":44,"policy-maxfiylik-siyosati":64,"footer-categories":68},{"status":4,"data":5},"success",[6,9,12,15,18,21,24,27,30],{"slug":7,"title":8},"foydalanish-shartlari","Foydalanish shartlari (ommaviy oferta)",{"slug":10,"title":11},"maxfiylik-siyosati","Maxfiylik siyosati",{"slug":13,"title":14},"sotuvchi-shartlari","Sotuvchi shartlari (hamkor ofertasi)",{"slug":16,"title":17},"nasiya-shartlari","Kitobchi nasiya xizmati shartlari",{"slug":19,"title":20},"yetkazib-berish-va-qaytarish","Yetkazib berish va tovarni qaytarish tartibi",{"slug":22,"title":23},"tolov-va-qaytarish","Toʻlov, chek va pulni qaytarish",{"slug":25,"title":26},"obuna-shartlari","Obuna va qoʻshimcha pullik xizmatlar shartlari",{"slug":28,"title":29},"cookies-siyosati","Cookie va shunga oʻxshash texnologiyalar siyosati",{"slug":31,"title":32},"omadli-maydon-qoidalari","«Omadli maydon» oʻyini qoidalari",{"status":4,"data":34},[35,36,37,38,39,40,41,42,43],{"slug":7,"title":8},{"slug":10,"title":11},{"slug":13,"title":14},{"slug":16,"title":17},{"slug":19,"title":20},{"slug":22,"title":23},{"slug":25,"title":26},{"slug":28,"title":29},{"slug":31,"title":32},{"status":4,"ok":45,"data":46},true,[47],{"business_version_ios":48,"business_version_android":48,"courier_version_ios":49,"courier_version_android":49,"market_version_ios":50,"market_version_android":50,"contacts":51,"telegram":57,"ui_flags":62},"1.2.4","1.0.9","2.0.4",{"kitobchi":52,"business":55,"courier":56},{"phone":53,"email":54},"+998 50 030 30 33",null,{"phone":53,"email":54},{"phone":53,"email":54},{"enabled":45,"client_id":58,"redirect_uri_ios":59,"redirect_uri_android":60,"scopes":61},"8515375616","https:\u002F\u002Fapp3206985527-login.tg.dev","https:\u002F\u002Fapp2234481912-login.tg.dev","openid profile phone",{"show_home_special_sections":63},false,{"status":4,"data":65},{"slug":10,"title":11,"content":66,"updated_at":67},"\u003Cp>\u003Cstrong>Tahrir sanasi:\u003C\u002Fstrong> 2026-yil 20-oktabr.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>1. Umumiy qoidalar\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Kitobchi mobil ilovasi va kitobchi.com veb-sayti (Platforma) orqali Foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari qanday yigʻilishi, qayta ishlanishi, saqlanishi, uzatilishi va himoya qilinishini belgilaydi.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>1.2. Siyosat Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>1.3. Shaxsga doir maʼlumotlar \u003Cstrong>mulkdori va operatori\u003C\u002Fstrong> — yakka tartibdagi tadbirkor Turdaliyev Abbos Erkin oʻgʻli (STIR 51503025990027), keyingi oʻrinlarda — Operator.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>1.4. Platformada roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish orqali Foydalanuvchi oʻz shaxsga doir maʼlumotlarini ushbu Siyosatda koʻrsatilgan maqsad va hajmda qayta ishlashga rozilik beradi. Rozilik istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin (8-boʻlim), biroq bu holda xizmatlarning bir qismi koʻrsatilmasligi mumkin.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>2. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi\u003C\u002Fh2>\n\u003Cul>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Akkaunt maʼlumotlari:\u003C\u002Fstrong> telefon raqami, ism, familiya, foydalanuvchi nomi; ixtiyoriy ravishda — elektron pochta, tugʻilgan sana, profil rasmi. Telegram orqali kirilganda — Telegram tomonidan uzatilgan telefon raqami va ism.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Yetkazib berish maʼlumotlari:\u003C\u002Fstrong> manzillar, xaritadagi koordinatalar, qabul qiluvchining ismi va telefon raqami.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Buyurtma va toʻlov maʼlumotlari:\u003C\u002Fstrong> buyurtmalar tarixi, summalar, toʻlov holati, keshbek va sertifikatlar harakati. Bank kartasining toʻliq raqami va CVV kodi Operatorda saqlanmaydi — ular toʻlov tashkiloti tomonidan qayta ishlanadi; Operatorda faqat karta tokeni (identifikatori) va niqoblangan raqam saqlanadi.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Nasiya xizmati maʼlumotlari:\u003C\u002Fstrong> shartnoma, toʻlov jadvali va intizomi, risk baholash natijalari (“Kitobchi nasiya xizmati shartlari”ga qarang).\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Qurilma va texnik maʼlumotlar:\u003C\u002Fstrong> qurilma identifikatori va nomi, platforma (Android\u002FiOS), ilova versiyasi, push-bildirishnoma tokeni, IP-manzil, brauzer maʼlumotlari, sessiya maʼlumotlari.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Faoliyat maʼlumotlari:\u003C\u002Fstrong> koʻrilgan tovarlar, qidiruv soʻrovlari (Foydalanuvchi ularni oʻchirishi mumkin), sevimlilar, savat, oʻyin va sodiqlik dasturidagi harakatlar.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Kontent va muloqot:\u003C\u002Fstrong> sharhlar, baholar, Book Club postlari va izohlari, sotuvchi va qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan yozishmalar (ilova qilingan rasm, fayl va ovozli xabarlar bilan), sunʼiy intellekt yordamchisiga yozilgan xabarlar.\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Qurilma ruxsatlari (faqat Foydalanuvchi ruxsat berganda):\u003C\u002Fstrong> geolokatsiya — manzilni aniqlash va yetkazib berish zonasini hisoblash uchun; kamera — QR-kodni skanerlash va rasm boʻyicha qidiruv uchun; galereya — rasm yuborish va saqlash uchun; mikrofon — ovozli xabar yozish uchun; bildirishnomalar. Ilova kontaktlar roʻyxatiga kirmaydi.\u003C\u002Fli>\n\u003C\u002Ful>\n\u003Cp>Ilovada uchinchi tomon analitika yoki reklama kuzatuv SDK’lari ishlatilmaydi.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>3. Qayta ishlash maqsadlari\u003C\u002Fh2>\n\u003Cul>\n\u003Cli>roʻyxatdan oʻtkazish, autentifikatsiya va akkauntni boshqarish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>buyurtmalarni qabul qilish, toʻlov, fiskal chek, yetkazib berish va qaytarishni amalga oshirish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>buyurtma holati, toʻlov, yetkazib berish va xavfsizlik boʻyicha xabarnomalar yuborish (SMS, push, ilova ichida);\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>qoʻllab-quvvatlash, murojaat va shikoyatlarni koʻrib chiqish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>firibgarlik va suiisteʼmolning oldini olish, akkaunt va toʻlovlar xavfsizligi, ishonchlilik koʻrsatkichlarini hisoblash (masalan, naqd toʻlov imkoniyati, nasiya limiti);\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>shaxsiy tavsiyalar, qidiruv natijalarini moslashtirish va xizmat sifatini tahlil qilish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>foydalanuvchi kontentini moderatsiya qilish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>sodiqlik dasturlari (keshbek, sertifikatlar, «Omadli maydon» oʻyini)ni yuritish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>qonunchilik talablarini bajarish, shu jumladan vakolatli davlat organlarining qonuniy soʻrovlariga javob berish.\u003C\u002Fli>\n\u003C\u002Ful>\n\u003Cp>Reklama xabarlari faqat Foydalanuvchi bunga rozi boʻlsa yuboriladi va istalgan vaqtda ilova sozlamalarida yoki murojaat orqali rad etilishi mumkin.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>4. Avtomatlashtirilgan qayta ishlash va sunʼiy intellekt\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>4.1. Platformada sunʼiy intellekt (shu jumladan, OpenAI kompaniyasi xizmatlari) quyidagilar uchun ishlatiladi: qoʻllab-quvvatlash yordamchisi va chatbot javoblari; rasm boʻyicha kitob qidirish; Book Club kontenti va tovar eʼlonlarini moderatsiya qilish; shaxsiy tavsiyalar va “bu kitob sizga nega mos” izohlarini tayyorlash.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>4.2. Shu maqsadlarda sunʼiy intellekt xizmatiga faqat zarur maʼlumot yuboriladi: Foydalanuvchining xabari yoki rasmi, savolga javob berish uchun kerak boʻlgan buyurtma\u002Fkeshbek holati, kitob qiziqishlari. Rasm boʻyicha qidiruvdagi rasm Operator serverida saqlanmaydi. Sunʼiy intellekt yordamchisi bilan yozishmalar har kuni avtomatik oʻchiriladi.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>4.3. Avtomatlashtirilgan tizimlar xulosasi Foydalanuvchi uchun muhim oqibatlarga olib kelsa (masalan, kontent yashirilishi, nasiya rad etilishi), Foydalanuvchi xodim tomonidan qayta koʻrib chiqishni soʻrashi mumkin.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>5. Maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Maʼlumotlar sotilmaydi. Ular faqat xizmat koʻrsatish uchun zarur hajmda quyidagilarga uzatiladi:\u003C\u002Fp>\n\u003Cul>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Sotuvchilarga\u003C\u002Fstrong> — buyurtmani bajarish uchun zarur maʼlumotlar (ism, yetkazib berish manzili, telefon, buyurtma tarkibi);\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>yetkazib berish xizmatlariga\u003C\u002Fstrong> — kuryerlar, olib ketish punktlari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>toʻlov tashkilotiga\u003C\u002Fstrong> (Paylov) — toʻlov, karta bogʻlash, qaytarish va fiskal chek uchun;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>SMS provayderiga\u003C\u002Fstrong> (Eskiz) — tasdiqlash kodlari va buyurtma xabarlari uchun;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>push-bildirishnoma xizmatiga\u003C\u002Fstrong> (Google Firebase Cloud Messaging);\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>xarita xizmatiga\u003C\u002Fstrong> (Yandex) — manzilni aniqlash uchun;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>Telegram\u003C\u002Fstrong> — Telegram orqali kirish va qoʻllab-quvvatlash boti orqali murojaat qilinganda;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>sunʼiy intellekt va tarjima xizmatlariga\u003C\u002Fstrong> (OpenAI, Google) — 4-boʻlimda koʻrsatilgan maqsadlarda;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>\u003Cstrong>vakolatli davlat organlariga\u003C\u002Fstrong> — qonunchilikda belgilangan hollarda.\u003C\u002Fli>\n\u003C\u002Ful>\n\u003Cp>Ayrim xizmat koʻrsatuvchilar (OpenAI, Google, Telegram) serverlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan. Bunday transchegaraviy uzatish faqat yuqoridagi maqsadlarda, minimal hajmda va qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Platformadan foydalanish orqali Foydalanuvchi bunga rozilik beradi.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>6. Saqlash joyi va muddati\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>6.1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlari “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 27\u003Csup>1\u003C\u002Fsup>-moddasi talablariga muvofiq qayta ishlanadi va saqlanadi.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>6.2. Maʼlumotlar qayta ishlash maqsadi uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlanadi: akkaunt maʼlumotlari — akkaunt faol boʻlgan davrda; buyurtma, toʻlov va fiskal hujjatlar — buxgalteriya va soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda; mehmon (roʻyxatdan oʻtmagan) foydalanuvchilarning koʻrish tarixi — 45 kungacha; qiziqishlar profili — oxirgi 90 kunlik faollik asosida; sunʼiy intellekt yordamchisi yozishmalari — 1 kungacha.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>6.3. Muddat tugagach maʼlumotlar oʻchiriladi yoki shaxsni aniqlab boʻlmaydigan holga keltiriladi.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>7. Maʼlumotlarni himoya qilish\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Operator maʼlumotlarni ruxsatsiz kirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish va tarqatishdan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralar koʻradi: shifrlangan ulanish (HTTPS), kirish huquqlarini rolga qarab cheklash, parolsiz bir martalik kodlar va urinishlar sonini cheklash, xodimlar harakatlarini qayd etish. Foydalanuvchi oʻz qurilmasi va tasdiqlash kodlari xavfsizligini taʼminlashi kerak.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>8. Foydalanuvchi huquqlari\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Foydalanuvchi qonunchilikka muvofiq quyidagi huquqlarga ega:\u003C\u002Fp>\n\u003Cul>\n\u003Cli>oʻzi haqidagi maʼlumotlar va ularni qayta ishlash haqida maʼlumot olish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>notoʻgʻri yoki eskirgan maʼlumotlarni tuzatish (profil sozlamalarida yoki murojaat orqali);\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>maʼlumotlarni oʻchirish yoki qayta ishlashni toʻxtatishni talab qilish, rozilikni qaytarib olish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>reklama xabarlarini rad etish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>avtomatlashtirilgan qaror ustidan eʼtiroz bildirish;\u003C\u002Fli>\n\u003Cli>huquqlari buzilgan deb hisoblasa, vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish.\u003C\u002Fli>\n\u003C\u002Ful>\n\u003Cp>\u003Cstrong>Akkauntni oʻchirish:\u003C\u002Fstrong> soʻrov ilovadagi qoʻllab-quvvatlash chati yoki toordaliev@gmail.com orqali yuboriladi. Soʻrov shaxsni tasdiqlaganidan soʻng 30 kun ichida bajariladi. Tugallanmagan buyurtmalar, ochiq nasiya shartnomasi yoki qonun boʻyicha saqlanishi shart boʻlgan hujjatlar boʻyicha maʼlumotlar tegishli majburiyat yoki muddat tugaguncha saqlanadi. Akkaunt oʻchirilganda keshbek, sertifikat qoldiqlari va oʻyin tangalari bekor boʻladi.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>Barcha soʻrovlarga qonunchilikda belgilangan muddatda, odatda 10 ish kuni ichida javob beriladi.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>9. Voyaga yetmaganlar\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Platforma 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun moʻljallanmagan. Agar 16 yoshga toʻlmagan shaxs maʼlumotlari ota-ona roziligisiz taqdim etilgani maʼlum boʻlsa, ular ota-ona (qonuniy vakil) soʻroviga binoan oʻchiriladi.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>10. Cookie fayllari\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Veb-saytda cookie va shunga oʻxshash texnologiyalardan foydalanish alohida “Cookie siyosati”da tavsiflangan.\u003C\u002Fp>\n\n\u003Ch2>11. Yakuniy qoidalar\u003C\u002Fh2>\n\u003Cp>Operator Siyosatni yangilashi mumkin; yangi tahrir Platformada eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilova orqali xabar beriladi.\u003C\u002Fp>\n\u003Cp>\u003Cstrong>Aloqa:\u003C\u002Fstrong> YaTT Turdaliyev Abbos Erkin oʻgʻli, STIR 51503025990027, tel.: +998 50 030 30 33, e-pochta: toordaliev@gmail.com.\u003C\u002Fp>","2026-10-20T20:41:47+05:00",{"status":4,"data":69},{"book":70,"stationery":121},[71,76,81,86,91,96,101,106,111,116],{"id":72,"name_uz":73,"name_ru":74,"name_en":75,"slug":54,"icon":54},6,"Badiiy adabiyot","Художественная литература","Fiction",{"id":77,"name_uz":78,"name_ru":79,"name_en":80,"slug":54,"icon":54},9,"Bolalar adabiyoti","Детская литература","Children's Literature",{"id":82,"name_uz":83,"name_ru":84,"name_en":85,"slug":54,"icon":54},2,"Detektiv","Детектив","Detective",{"id":87,"name_uz":88,"name_ru":89,"name_en":90,"slug":54,"icon":54},7,"Diniy adabiyot","Религиозная литература","Religious Literature",{"id":92,"name_uz":93,"name_ru":94,"name_en":95,"slug":54,"icon":54},3,"Fantastik","Фантастика","Fantasy",{"id":97,"name_uz":98,"name_ru":99,"name_en":100,"slug":54,"icon":54},10,"Ilm-fan","Наука и техника","Science and Technology",{"id":102,"name_uz":103,"name_ru":104,"name_en":105,"slug":54,"icon":54},1,"Psixologiya va shaxsiy rivojlanish","Психология и личностное развитие","Psychology and Personal Development",{"id":107,"name_uz":108,"name_ru":109,"name_en":110,"slug":54,"icon":54},4,"Sarguzasht","Приключения","Adventure",{"id":112,"name_uz":113,"name_ru":114,"name_en":115,"slug":54,"icon":54},8,"She'rlar va hikoyalar","Поэзия и рассказы","Poetry and Stories",{"id":117,"name_uz":118,"name_ru":119,"name_en":120,"slug":54,"icon":54},5,"Tarix va siyosat","История и политика","History and Politics",[122,126,128,132,136,140,144],{"id":107,"name_uz":123,"name_ru":124,"name_en":125,"icon":54},"Daftarlar va bloknotlar","Тетради и блокноты","Notebooks",{"id":87,"name_uz":127,"name_ru":127,"name_en":127,"icon":54},"Maktab sumkasi",{"id":92,"name_uz":129,"name_ru":130,"name_en":131,"icon":54},"Marker va ajratkichlar","Маркеры и текстовыделители","Markers & Highlighters",{"id":117,"name_uz":133,"name_ru":134,"name_en":135,"icon":54},"Mayda kanselyariya","Канцелярские мелочи","Desk Accessories",{"id":82,"name_uz":137,"name_ru":138,"name_en":139,"icon":54},"Qalamlar","Карандаши","Pencils",{"id":72,"name_uz":141,"name_ru":142,"name_en":143,"icon":54},"Rassomlik materiallari","Художественные материалы","Art Supplies",{"id":102,"name_uz":145,"name_ru":146,"name_en":147,"icon":54},"Ruchkalar","Ручки","Pens",1792670899179]